Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini, konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʼlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini oʼz vaqtida, toʼliq va sifatli amalga oshirish, mablagʼlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash belgilandi.
2022 yildan boshlab har yili viloyat hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda 1 aprelga qadar joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvini, shuningdek, ushbu masalalar boʼyicha keng jamoatchilik fikrini oʼrgangan holda loyiha takliflari ishlab chiqiladi.
2023 yil uchun dasturga kiritiladigan loyiha takliflari xalq deputatlar mahalliy Kengashlarining tavsiyalari asosida ishlab chiqildi. Unga koʼra, 2 817,7,0 mlrd.soʼmlik 734 ta loyihalarni amalga oshirish belgilandi.
- 27