Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Samarqandda hokim yordamchilari sa’y-harakati bilan 276 ming nafar fuqaro bandligi ta’minlandi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ishtirokida mahallalardagi hokim yordamchilarining joriy yil 10 oyidagi faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

- Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha bu yil oldimizga juda katta vazifa qo‘yilgan – 635 ming kishining bandligini ta’minlashimiz kerak, – dedi J.O‘roqov. – O‘n oy davomida 609 mingga yaqin yurtdoshimiz yangi ochilgan yoki vakant ish joylariga joylashdi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, dehqonchilik qilishi uchun yer berildi. Shuningdek, shu paytgacha nolegal ishlaganlar ish o‘rni legallashtirildi. Birgina xizmatlar sohasida 187 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Jumladan, hokim yordamchilari sa’y-harakati bilan 83 ming fuqaro doimiy ish joylariga joylashtirildi, 13 mingga yaqin fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 137 ming fuqaro o‘zini-o‘zi band qilishiga erishildi, 11 ming fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ish boshladi. 32 ming nafar ishsiz kishilar esa ijara asosida yer olib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 36 ming nafar fuqaroga 785,8 milliard so‘mlik imtiyozli kredit, shuningdek, 8,8 ming nafar ishsiz, kam ta’minlangan aholiga 9,1 milliard so‘m subsidiya ajratildi.

J.O‘roqovning ta’kidlashicha, shu paytgacha viloyatdagi 1126 mahallada ish boshlagan hokim yordamchilarining 80 nafarga yaqini almashdi. Jumladan, 6 nafari yuqori lavozimga o‘tgan bo‘lsa, ko‘pchiligi ushbu vazifaga noloyiqligi sababli ishdan olingan. Bugungi kunda 18 mahallada hokim yordamchisi o‘rni vakant hisoblanadi va bu joylar uchun tanlov e’lon qilingan.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni