Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Kichik sanoat zonalari - loyiha va biznesni amalga oshirish uchun eng qulay joy

Viloyatdagi tuman (shahar) hududlarida tashkil etilgan kichik va yoshlar sanoat zonalaridagi yer maydonlari ijara huquqi asosida ochiq elektron E-auksion.uz platformasi orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yer maydonlari savdoga chiqarilgan.

Jumladan, Bulung‘ur tumanida (Amir Temur MFY hududida) 2,0 gektar, (Qo‘ng‘irot MFY hududida) 3,0 gektar, (Xo‘jamazgil MFY hududida) 1,2 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida (Alijon MFY hududida) 1,2 gektar, (Nisbat MFY hududida) 1,0 gektar, Narpay tumanida (Guliston MFY hududida) 1,0 gektar, (“Tepa MFY hududida) 2,0 gektar, Jomboy tumanida (Naymantepa MFY hududida) 2,0 gektar, (Qoramo‘yin MFY hududida) 3,0 gektar, (Dehqonobod MFY hududida) 5,5 gektar, Past Darg‘om tumanida (Go‘zalkent MFY hududida) 4,0 gektar, (Bog‘ishamol” MFY hududida) 1,0 gektar, (Uch tepa MFY hududida) 1,0 gektar, (Ilm MFY hududida) 2,5 gektar, (“Olti qaxramon MFY hududida) 3,0 gektar, Qo‘shrabot  tumanida (Xonnazar MFY hududida) 3,0 gektar, (Navkat MFY hududida) 1,0 gektar, (Bozorjoy MFY hududida) 1,0 gektar, Toyloq tumani (Shopo‘lot MFY hududida) 2,0 gektar, (Davlatobod MFY hududida) 1,0 gektar, Ishtixon tumanida (To‘por MFY hududida) 1,6 gektar, Nurobod tumanida (Kechkeldik MFY hududida) 2,0 gektar yer maydonlarini E-auksion.uz platformasi orqali sotib olish mumkin.

Mazkur hududlardagi sanoat zonalarida barcha tadbirkorlar zarur yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (suv, gaz, elektr energiya, yo‘l va oqova suv tarmoqlari) bilan ta’minlanadi.

Ular qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish huquqlariga ega bo‘ladi.

LOTlarga o‘zingizning investitsiya biznes loyiha takliflaringizni taqdim etishingiz lozim bo‘ladi.

Ushbu kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini boshlashingiz uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va oqova tarmoqlari hamda yo‘l infratuzilmalari bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (66) 235-35-25, 91-533-31-92.

“Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” davlat korxonasi.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni