Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 foizga o‘sishi kutilmoqda

Moliya vazirligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ikki tomon vakillari ishtirok etgan tadbirda Moliya vaziri Timur Ishmetov, Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Ron van Ruden va boshqalar o‘zaro hamkorlik xususida so‘z yuritdi.

Qayd etilganidek,  joriy yilning 7-15-noyabr kunlari Ron van Ruden boshchiligidagi XVJ missiyasi O‘zbekiston davlat organlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, hozirgi iqtisodiy vaziyat, siyosatning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Shundan kelib chiqib, ushbu uchrashuvda XVJ vakillarining tashrifi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarga yuksak baho berilgan hisobot ko‘rib chiqildi.

Ron van Rudenning ta’kidlashicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi qiyinchiliklarga qaramay, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etishda davom etmoqda. Pul o‘tkazmalari ikki baravar ko‘paydi, bu esa davom etayotgan byudjetni qo‘llab-quvvatlash va barqaror savdo bilan birgalikda iqtisodiy faollik va o‘sishga yordam berdi. Natijada 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Xususiy sektor o‘sishni tezlashtirish uchun noqulay omillarga qaramay, tarkibiy bozor islohotlari davom etmoqda. Bu erishilgan ta’sirchan taraqqiyotni hisobga olgan holda, davlatning iqtisodiyotdagi katta rolining pasayishiga va ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi.

Tadbirda keyingi yil uchun jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pasayishi prognoz qilinayotgan vazifalar ham ko‘rib chiqildi. Inflyatsiyani yanada jilovlash, pul-kredit va byudjet siyosatining tegishli choralarini ko‘rish, davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishni davom ettirish, raqobatni kuchaytirish va biznes uchun teng sharoitlar yaratish, davlat xizmatlarini raqamlashtirishni kengaytirish, savdo integratsiyasi va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning chuqurlashishi O‘zbekistonni 2030 yilga kelib daromad darajasi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lgan mamlakatga aylantirish bo‘yicha maqsadga erishish masalalari o‘rganib chiqildi.  

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

 

O‘zA.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni