Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg bilan hamkorlik salohiyatini samarali ishga solish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun zamonaviy savdo-tijorat va logistika infratuzilmasini yaratish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, uy-joy kommunal xo‘jalik va shaharsozlik sohalarida sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarning davom ettirilishi qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni