Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Registonda bo‘ldi

Ushbu nufuzli tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandning diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqda.

2023 yilda Samarqandda o‘tkaziladigan UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tadigan ob’yektlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan yuksak martabali mehmon Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Registon maydonining bunyod etilish tarixi, u yerdagi hunarmandlar faoliyati, mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Aziz Abduhakimov hamda Zurab Pololikashvili O‘zbekiston turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida mamlakatimiz turizm salohiyatini dunyoga tanitish maqsadida Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l olayotgan futbol ishqibozlari va blogerlardan iborat guruh tomonidan tuzilgan avtokarvonning kuzatish marosimida ishtirok etdi va targ‘ibot guruhiga omad tilashdi.

– O‘zbekistonning turizm salohiyati tobora yuksalib bormoqda, – dedi Zurab Pololikashvili.– Butunjahon turizm tashkilotining navbatdagi sessiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaharlar orasidan bejiz Samarqand tanlanmadi. Qadimdan madaniyatlar chorrahasi sifatida shuhrat qozongan bu buyuk shahar bugun ham dunyo hamjamiyati o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Samarqand bilan tanishuvimiz davomida bu boqiy shaharni tanlab adashmaganimizga ishonch hosil qilyapmiz. Keyingi yil Samarqand mezbonlik qiladigan sessiyamiz samarali o‘tishiga ishonaman. Qatar tomon yo‘l olgan targ‘ibot guruhiga omad tilab, jahon chempionati doirasida tashkil etiladigan o‘zbek turizm tashviqotini samarali o‘tkazishlarini tilayman. O‘zbekiston futboli ham rivojlanib, yurtingiz terma jamoasiga keyingi jahon chempionatida ishtirok etish nasib etsin.

Ta’kidlash joizki, targ‘ibot guruhi yo‘l olgan avtokarvon Samarqanddan yo‘lga chiqib, Qozog‘iston – Ozarbayjon –  Eron – Birlashgan Arab amirliklari – Saudiya Arabistoni – Qatar yo‘nalishida harakatlanadi. 20 noyabrdan 20 dekabrgacha Qatar yashil maydonlarida o‘tkaziladigan mundial bahslari doirasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib, Toshkentga qaytadi.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashrifi davom etmoqda.

G‘.Hasanov,

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni