Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari darajasida sermahsul almashinuvlarni davom ettirish, birgalikdagi ishbilarmonlik tashabbuslari va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali ishga solish, madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 45 foizga oshdi. Jalb etilgan investitsiyalar hajmi joriy yil yakuniga borib 1 milliard yevrogacha bo‘ladi. Xususan, bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniyaning 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, moliyaviy-texnik hamkorlik, shu jumladan «KfW» banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ishtirokida kengayib bormoqda.

Tashqi siyosiy idora rahbari Annalena Berbok Yangi O‘zbekistondagi demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi Germaniya tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor qayd etdi.

Tomonlar “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, innovatsiyalar, resursni tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or ta’lim metodikalarini joriy qilish kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni