Norasmiy faoliyatni qonuniylashtirish jamiyat rivojiga xizmat qiladi
“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Hokim yordamchilari ishtirokida ishsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, norasmiy mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz faoliyatini legallashtirish, bu borada tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar mavzui muhokama etildi.
Viloyat mahallabay ishlash markazi, pensiya jamg‘armasi, bandlik va davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tuman mahallabay ishlash markazi mutasaddilari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi