Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Samarqandda "Yoshlar daftari"ga kirish istagida bo‘lganlar qancha? "Daftar"ga kiritilgan yoshlarga qanday ko‘mak berilyapti?

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i H.To‘xtayev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida bu haqda ma’lum qildi.

- Bugungi kun holatida viloyat bo‘yicha 44 692 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kirish istagini bildirib murojaat qilgan, - dedi H.To‘xtayev. - Bu murojaatlarning 35 871 tasi tasdiqlangan, 8767 tasi belgilangan mezonlarga to‘g‘ri kelmasligi uchun rad etilgan.

Eng ko‘p rad etilgan murojaatlar Urgut (1528 ta, 34,2 foiz), Paxtachi (787 ta, 29,9 foiz), Toyloq (613 ta, 28,6 foiz), Qo‘shrabot (376 ta, 28,2 foiz) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 37764 nafar yoshlarning 34719 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Ya’ni, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ishga joylashishi, bilim olishi kabi loyiha yoki harakatlari uchun “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 27,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda 3045 nafar yoshlar "daftar"da qolmoqda.

zarnews.uz

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni