Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Endilikda yana 10 ta faoliyat turi uchun subsidiya ajratiladi

Endilikda yana 10 ta faoliyat turi uchun subsidiya ajratiladi.

«Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun 2022 yil 1 noyabrdan boshlab 10 ta faoliyat turi oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar shugʼullanishi mumkin boʼlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʼyxatiga kiritiladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subʼektlariga Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobidan:

parranda (tovuq, bedana, oʼrdak, gʼoz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;

uzum koʼchati va tok soʼrisi;

asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;

quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;

baliq chavoqlari, sunʼiy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.

Bunda, mazkur subsidiya bir nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan ajratiladi.

 

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni