Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Respublikamizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil bo‘ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Jarayon uch bosqichni qamrab oladi.

Birinchi – tayyorgarlik bosqichi uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Bunda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib boriladi. Reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqiladi, aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Ikkinchi bosqich 10 kundan 60 kungacha davrni o‘z ichiga oladi. Bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi.

Uchinchi bosqichda aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi materiallar, ma’lumotlar qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi. Olingan materiallar avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanib, birlamchi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan dasturlarga kiritish uchun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinib, natijalar e’lon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.

Ruyxatga olishni tashkil etishda asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanilmoqda. Aholini ruyxatga olish bir oy davom etsa, birlamchi natijalar 2024 yilda e’lon qilinadi.

Ruyxatga olish jarayonida har bir ro‘yxatga oluvchiga aholi punktining xaritasidan kelib chiqqan holda  350-450 kishidan, borishi qiyin bo‘lgan va olis hududlarda aholining soni o‘rtacha 250 nafardan taqsimot qilib beriladi. Ro‘yxatga oluvchi 12 kun muddat ichida belgilangan aholini tasdiqlangan shakllar asosida uyma-uy yurgan holda ruyxatga olib chiqadi. Olingan ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. To‘ldirilayotgan shakllarda har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, turar joyning xususiyatlari, ya’ni yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan, sanitariya-gigiyenik sharoitlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham olinadi.

Xo‘sh, aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak?

Birinchidan, aholi soni to‘g‘risidagi aniq ma’lumotga ega bo‘linadi. Ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, demografik holat, aholining jinsi, yoshi, millati bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashadi. Ushbu ko‘rsatkichlar Iktisodiy rivojlanish dasturlari  belgilanishida yordam beradi.

Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida aholini ruyxatga olish ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli va to‘laqonli bajarish bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punktlari bo‘yicha yagona axborot bazasi yaratiladi.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni