“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʼyicha Respublika komissiyasining 2022 yil 14 mayda oʼtkazilgan yigʼilish bayoniga asosan qishloq va mahallalarni baholashdan oʼtkazish, ulardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obʼektlarini haqiqiy holatini baholash mezonlari boʼyicha Tartib tasdiqlandi.
Unga koʼra baholashdan oʼtkazish uchun shahar va tuman hokimlarining birinchi oʼrinbosari rahbarligida shahar va tumandagi 34 ta soha va tashkilotlar rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ishchi guruh tomonidan shaxar va tumanlardagi mahallalar geografik joylashuvidan kelib chiqib, 5 ta guruxga boʼlinib oʼrganilmoqda.
Jumladan:
- shaharda;
- tuman markazida;
- tuman markazigacha 30 km boʼlgan mosofada;
- tuman markazidan 30 km va undan olis masofada, togʼli va choʼl hududida;
- chegara (yoki anklav) hududida joylashganligi.