Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Viloyatning olis va chekka hududlarida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

🔰Olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish hamda shunday hududlarda ishlayotgan shifokorlarga imtiyoz va yengilliklar berish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

🔰Mazkur qaror ijrosi yuzasidan joriy yilda viloyatning 231 ta olis va chekka mahallalariga maxsus konteynerlarida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 119 ta mahalla tibbiyot punktlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, tuman markazidan 50-80 kilometr uzoqlikda joylashgan 3 ta hudud aholi punktlarida (Qo‘shrabotda Oqchopsoy MFY, Nurobodda Tepaqul MFY, Kattaqo‘rg‘onda Jizmonsoy MFY) alohida tibbiy yordam brigadalari tashkil etilgan.

🔰Bundan tashqari “Qishloq shifokori” dasturi doirasida viloyatning olis va chekka hududlardagi birlamchi tibbiyot muassasalariga shifokorlarni jalb qilish va bu orqali shifokorlarga bo‘lgan extiyojni qoplash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni