Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Samarqandda eksport operatsiyalari davom etmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizning eksport salohiyatini yuksalayotganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ayni paytda yoz faslida ho‘l meva-sabzavotlar pishiqchiligi bo‘lishiga qaramay, o‘zbek qishloq xo‘jalik quritilgan mahsulotlariga chet el tadbirkorlarining ehtiyoji kun sayin tobora ortib bormoqda.
2022 yil I-choragining may oyida 2 353 tonna mayiz mahsulotlari eksportga chiqarildi. Joriy yilda Samarqand viloyatidan may oyida mayiz eksportining qiymat jihatdan eng katta hajmi Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya va Xitoy Xalq Respublikasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 1 028 tonna quritilgan olxo‘ri mahsulotlari Rossiya, Mongoliya, Turkiya, Belgiya, Polsha va Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilingan. Shu bilan birga quritilgan ziravorlar eksportiga ham talab katta bo‘lib, joriy yilning may oyida Rossiya Federatsiyasiga 216 tonna quritilgan ziravorlar eksporti amalga oshirilgan.
Yaqinda yana Toyloq tumani “Ped agro oil” korxonasidan Belorussiya davlatiga 10 000 kg mayiz, 15 000 kg quritilgan olxo‘ri mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, Samarkand tumani “SAMFRUIT” MCHJ dan Belgiya davlatiga quritilgan porey piyozi, hamda 10 504 kg quritilgan ziravorlar eksportga chiqarildi.


 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni