Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech
Sayt test rejimida ishlamoqda!

Umumiy ma'lumotlar

Bosh boshqarma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-4653-son qaroriga asosan tashkil etilgan.


Bosh boshqarma viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish sohasidagi, shuningdek, viloyatning kambagʼallikni qisqartirish va investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish, amalga oshirish boʼyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.


Bosh boshqarma oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va Qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligining buyruqlariga, Samarqand viloyati hokimining qaror va farmoyishlari hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.


Bosh boshqarma oʼziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʼlinmalari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi.


Bosh boshqarma yuridik shaxs boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼzining nomi bitilgan muhriga ega.


Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, oʼz hisob-kitob raqamlariga ega boʼladi.


Bosh boshqarmaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʼliq nomi - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

qisqa nomi – Samarqand viloyat Iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmasi

b) rus tilida:

toʼliq nomi - Главное управление экономического развития и сокращения бедности Самаркандской области

qisqa nomi - Главное управление экономического развития Самаркандской области

v) ingliz tilida:

toʼliq nomi - Main department of economic development and poverty reduction of Samarkand region.

 

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni