Yanvar-sentabr oylarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” dan chiqarish
![]() |
|
Yoshlar daftari
Samarqand viloyatida “Yoshlar daftari” hamda “Yoshlar dafari jamgʼamasi” boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida mahallalar kesimida shakllantirilgan “Yoshlar balansi” asosida “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.
Birinchi, tizimni raqamlashtirish, yoshlarga berilayotgan imtiyozlarning shaffofligini taʼminlash, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni 3 bosqichda monitoring qilish imkonini beruvchi “yoshlardaftari.uz” yagona elektron platformasi ishga tushirilib, “Yoshlar daftari”ni yuritish toʼliq elektronlashtirildi. Maʼlumot uchun: platformada jami 10 ta vazirlik va idoralarning 23 turdagi elektron tizimlari integratsiya qilindi hamda viloyat boʼyicha 18-30 yoshdagi jami 717 ming 192 nafar yoshlar toʼgʼrisida maʼlumotlar bazasi shakllantirildi (2-ilova).
Ikkinchi, yil boshidagi xatlov va oʼrganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 69 ming 889 nafar yoshlar kiritildi. Аmalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2021 yil 15 sentyabr holatiga, 67 ming 890 nafar (97,1 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda viloyat boʼyicha 1 ming 999 nafar (2,9 foiz) yoshlar daftarda qolmoqda (2-3-ilova).
Uchinchi, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida har bir tuman (shahar)da moliyaviy manbalari aniq belgilangan alohida jamgʼarmalar tashkil etildi hamda Hukumatning 132-con va 250-son qarorlari bilan jamgʼarma mablagʼlaridan foydalanish tartiblari belgilandi. Bugungi kunda jamgʼarmalarda 31,7 mlrd. soʼm miqdorda mablagʼlar shakllantirildi (12,5 mlrd. soʼm tuman/shahar va 151 mln. soʼm viloyat byudjetining orttirilgan qismidan, 9,0 mlrd. soʼm undiruvlarga oid ijro hujjatlari boʼyicha mablagʼlardan, 10,0 mlrd. soʼm yil boshiga qoldiq mablagʼlar hisobidan). Ushbu mablagʼlar hisobidan “Yoshlar daftari”dagi 14 598 nafar yoshlarga 23,6 mlrd. soʼm miqdorda koʼmak koʼrsatildi. Bugungi kunda, jamgʼarmalarda 8,0 mlrd. soʼm mablagʼ mavjud (5-ilova).
Toʼrtinchi, yoshlar muammolari va murojaatlari bilan ishlashning yangicha mexanizmi joriy etilib, yoshlarga “yoshlardaftari.uz” elektron platformasi yoki “1093” qisqa raqamli koll-markazi orqali onlayn ariza qoldirish va murojaat holati toʼgʼrisida maʼlumot olish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunga qadar, “Yoshlar daftari”ga kirish uchun 1 186 ta (platforma orqali 1 010 ta, koll-markazi orqali 61 ta, sektorlar tomonidan 115 ta) onlayn murojaatlar kelib tushdi (4-ilova).
Barcha hududlarda yoshlar masalasiga masʼullar, jumladan, sektor rahbarlari va kotiblari ishtirokida “Yoshlar daftari” bilan ishlash, elektron platformani yuritish, jamgʼarma mablagʼlaridan maqsadli foydalanishga qaratilgan oʼquv seminar va taqdimotlar tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim hududlarda “Yoshlar daftari” bilan ishlash talab darajasida amalga oshirilmayapti.
Birinchi, joriy yil 1 iyundan boshlab, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni kunlik monitoring qilish, mahalla-sektor-tuman-viloyat darajasida inson omilisiz reyting baholash tizimi yoʼlga qoʼyildi (2-ilova).
Reyting natijalariga koʼra, Kattaqoʼrgʼon (90,2 foiz), Urgut (93,0 foiz), Pastdargʼom (93,4 foiz), Jomboy (93,6 foiz), Samarqand (93,7 foiz) tumanlari “Yoshlar daftari”ni yuritish boʼyicha reyting koʼrsatkichlari boʼyicha “qizil hudud”da qolmoqda.
Bundan tashqari, daftarga kiritilgan yoshlarni daftardan chiqarish ishlari Urgut (92,0 foiz), Pasdargʼom (95,4 foiz), Jomboy (95,9 foiz), Samarqand (96,0 foiz) tumanlari Samarqand (96,3 foiz) shahri ortda qolmoqda.
Ikkinchi, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 132-son qaroriga asosan, viloyatlar va tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlarida shakllangan qoʼshimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdori har chorakda “Yoshlar daftari” jamgʼarmasiga oʼtkazilishi belgilangan boʼlsada, ayrim hududlarda bunga amal qilinmayapti. Mahalliy byudjet daromadlarining prognoz koʼrsatkichining oshirib bajarilgan qismi 1-chorak yakuni boʼyicha 93,7 mlrd soʼm (tuman/shaharda – 39,7 mlrd soʼm, viloyatda – 54,0 mlrd soʼm)ni tashkil etgan boʼlib, shundan 6,3 mlrd soʼm (6,7 foiz) yoki belgilangan mablagʼlardan 7,7 mlrd soʼm kam miqdorda jamgʼarmalarga tushirilgan.
Xususan, viloyat boʼyicha 3 ta tuman (shahar)larda 15 foizdan kam mablagʼ ajratilgan (Payariq (9,0%), Oqdaryo (12,5%) tumanlari, Samarqand (14,9%) shahri). Shuningdek, mahalliy byudjetdan orttirilgan mablagʼlar mavjud boʼlishiga qaramasdan, Pastdargʼom tumanida mablagʼlar ajratilmagan. Shuningdek, 2-chorak yakuni boʼyicha mahalliy byudjet daromadlarining prognoz koʼrsatkichining oshirib bajarilgan qismi jami 121,9 mlrd soʼm (tuman/shaharda – 40,5 mlrd soʼm, viloyatda –81,4 mlrd soʼm)ni tashkil etadi, shundan kamida 15 foizi yoki 18,3 mlrd soʼm (tuman/shahardan – 6,1 mlrd soʼm, viloyatdan – 12,2 mlrd soʼm) jamgʼarmalarga tushirilishi lozim boʼlsada bugungi kunga qadar amalda 11,9 mlrd soʼm kam mablagʼlar ajratilgan
(6-ilova).
Xususan, viloyat boʼyicha 5 ta tuman (shahar)larda 15 foizdan kam mablagʼ ajratilgan (Samarqand (5,8%), Tayloq (9,1%), Oqdaryo (9,3%), Paxtachi (10,1%) tumanlari, Samarqand (14,9%), shahri).
Shu bilan birga, ayrim tuman/shaharlarda jamgʼarma mablagʼlarining sarflanishi qoniqarli emas. Jumladan, viloyat boʼyicha Samarqand, Kattaqoʼrgʼon shaharlari, Qoʼshrabot, Nurobod, Paxtachi, Samarqand, Narpay, Payariq, Pasdargʼom, Bulungʼur, Kattaqoʼrgʼon, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Tayloq tumanlarida dastlabki 8 oy davomida yoshlarni ishchilarni kasbiy qayta tayyorlashuchun mablagʼlar yoʼnaltirilmagan Kattaqoʼrgʼon shaharlari, Qoʼshrabot, Nurobod, Paxtachi, Samarqand, Narpay, Pasdargʼom, Bulungʼur, Kattaqoʼrgʼon, Jomboy, Urgut, Oqdaryo, Tayloq tumanlarida tadbirkorlik va kasb-hunarga oʼqitish uchun mablagʼlar ajratilmagan.
Uchinchi, “yoshlardaftari.uz” elektron platformasi orqali 1 186 ta onlayn murojaatlar kelib tushgan boʼlsa, shundan 814 tasi (68,6 foiz) sektorlar tomonidan tasdiqlangan, 301 tasi (25,4 foiz) rad etilgan, koʼrib chiqilmagan murojaatlar esa 71 tani (6,0 foiz) tashkil etmoqda (4-ilova). Jumladan, onlayn murojaatlarning Kattaqoʼrgʼon shahrida 7 tasi, Urgutda 22 tasi, Jomboyda 6 tasi tumanlarida haligacha koʼrib chiqilmagan.
Shuningdek, Urgutda 223 ta, Narpayda 70 ta, Paxtachida 62 ta, Payariqda 49 ta, Samarqand shahrida 56 ta murojaatlar rad etilgan.