Samarqand viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari J.Urakov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning Moskva shahridagi vakolatxonasi, Аgentlikning hududiy filiali bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan АО "СУ-10 Фундаментстрой" qurilish korxonasida mehnat qilayotgan Samarqandlik yurtdoshlarimiz bilan onlayn muloqot tashkil qilindi.
Uchrashuvda mehnat migrantlari ish joyi va shart-sharoitlari boʼyicha maʼlumot olindi. Fuqarolar tomonidan aytilgan muammolarni tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal qilish choralarini koʼrish va natijasi boʼyicha fuqarolarga axborot berish zarurligi taʼkidlandi.