Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Shavkat Mirziyoyev avgust oyi boshida tadbirkorlar bilan muloqot qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda davlatimiz rahbarining joriy haftadagi ish jadvali haqida ham ma’lumot berdi.

– Bu haftada tadbirlarimiz ko‘p bo‘ladi. Xususan, bugun Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.  

Ertaga davlatimiz rahbari kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadilar.

Shuningdek, hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Bu voqealar haqida Prezidentning rasmiy veb-resurslarida qo‘shimcha xabar beramiz, – dedi Sherzod Asadov.

Prezident Matbuot kotibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti rejalashtirilayotgani, bu uchrashuv avgust oyining boshiga mo‘ljallangani, takliflar 31 iyulgacha qabul qilinishi haqida e’lon berilganini aytib o‘tdi.

Sherzod Asadov tadbirkorlarni takliflar berishga, jurnalistlarni bu jarayonni yoritishda faol bo‘lishga chaqirdi.

O‘zA

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni