Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Jahon turizm tashkiloti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.

Uchrashuv kun tartibidan mamlakatimiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli ixtisoslashgan hukumatlararo tuzilmasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston 1993 yildan buyon YUNVTO a’zosi ekanini ta’kidlash zarur. O‘tgan davrda tarmoqning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning turizm brendini xalqaro miqyosda ilgari surishga qaratilgan muhim tashabbus va qo‘shma dasturlar amalga oshirildi. Yurtimizda Tashkilotning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda sheriklik sezilarli darajada faollashdi. bugungi kunda 2023 yilda Samarqand shahrida YUNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Suhbatda Zurab Pololikashvili O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tashqi va ichki turizm ko‘rsatkichlarining sifatli o‘sishiga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar natijalarini yuksak baholadi.

Mamlakatimiz bilan YUNVTO o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, unga O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surish, samarali axborot kampaniyalarini o‘tkazish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, boshqa muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini kiritishga kelishib olindi.

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni