Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Axborotlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik

Samarqandda o‘tkazilayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) aloqa ma’muriyati rahbarlari kengashining va ASMH huzuridagi axborotlashtirish bo‘yicha MDHga a’zo davlatlar muvofiqlashtiruvchi kengashining 58/28-qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, MDH ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, MDH Parlamentlararo assambleyasi Bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy va boshqalar bugungi kunda aloqa va axborotlashtirish sohasida davlatlararo hamkorlik har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Bu dunyo davlatlarining barqaror taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, turli global xavf-xatarlarga qarshi kurashishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

– MDH Parlamentlararo assambleyasi yigirma yildan buyon aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) aloqa ma’muriyati rahbarlari kengashi va ASMH huzuridagi axborotlashtirish bo‘yicha MDHga a’zo davlatlar muvofiqlashtiruvchi kengashi bilan yigirma yildan buyon hamkorlik qilib keladi, – dedi Dmitriy Kobitskiy. – Ushbu hamkorlik natijasida 2004 yilda ekspertlar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Birgalikda sa’y-harakatlarimiz MDH mamlakatlari o‘rtasida aloqa, axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. O‘tgan vaqt mobaynida axborotlashtirish, axborotni himoya qilish, raqamli hukumat, elektron savdo, ta’lim, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohalari bo‘yicha 40 ga yaqin hujjat qabul qilindi va ular muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kengashning Samarqandda o‘tkazilayotgan qo‘shma majlisida muhokama etiladigan masalalar tashkilotlarimiz o‘rtasida kelgusidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

Dunyo

Qo‘shma majlisda ASMH ishtirokchi mamlakatlarida raqamli rivojlanish sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar, aloqa tarmoqlarida firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, MDHga a’zo davlatlarning 2025 yilgacha bo‘lgan davrda axborot jamiyatini qurish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi, 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi axborot xavfsizligi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi hamda Kengashlar tashkiliy tuzilmasi va boshqa masalalar muhokama etildi.

  O‘zA

 

 

 

 

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni