Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Toyloqda «Agromarkaz» faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Madaniyat mahallasida ochilgan markazda o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi, kimyoviy o‘g‘it bilan ta’minlash, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, avtomatlashtirilgan bank xizmatlari, agromarket do‘koni, mini texnikalar sotish va ularning xizmatini tavsiya etish kabi yo‘nalishlar mavjud.

“Xudoyberdiev Ozod Shodiqulovich” fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, sektorlar rahbarlari, fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida markazda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Hozirda «Agromarkaz»da 6 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish loyihasini yo‘lga qo‘yish orqali ishchilar sonini 8 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan

 

 

 

 

Foydali havolalar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

Telefon: 0 (366) 334-45-07

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Facebook || Telegram


© 2013 - Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Sayt ma'lumotlaridan foydalanganda havola keltirish majburiy.

Created by O.Ergashev

Tinglash uchun tugmani bosing. Ekran suxandoni