O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 4-iyundagi 331-son qarori hamda “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qulish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida” 2020-yil 25-martdagi 182-sonli Nizomga (keyingi o‘rinlarda Nizom) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, subsidiya ajratish tizimini yanada soddalashtirildi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslargan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, Nizomga yangi tushunchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublilcasi Prezidentining 2021-yil 23 -martdagi PF- 6191-sonli Fanroni bilan davlat organlari tomonidan 2022-yil 1-yanvardan boshlab bir qator hujjatlari jismoniy shaxslardan talab qilish taqiqlanganligini inobatga olib, ariza beruvchidan Nizomning avvalgi tahriri 10-bandi a), b), v), g), d), ye) kichik bandlarida keltirilgan hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.
Subsidiya takdim etishning manzilliligini va haqiqiy muhtoj oilaga yetib borishini ta'minlash maqsadida baholash tizimida faqat oila a'zolarining (turmush o‘rtog‘i va turmushga chiqmagan farzandlari) daromadlarini inobatga olish va baholash ijtimoiy me'zonlar asosida tijorat banklari tomonidan xulosa bermasligi inobatga olinib, tijorat banklarining tizimdagi ishtiroki tugatildi.
Baholash tizimidan ortiqcha byurokratik va korruptsion omillarni kamaytirish maqsadida komissiya faoliyati avtomatlashtirilib, tizimda ishtirok etuvchi ma'sul tashkilotlarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tuman (shahar) hokimlari hamda komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari zimmasiga yuklatilinadi.
Shuningdek, Nizom bilan baholash natijalarini komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinganligi sababli komissiya yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bandlar chiqarib tashlandi.
Bundan tashqari, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchunsubsidiya ajratilganligi yoki rad qilinganligi to‘g‘risida YaIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuborish tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga davlat byudjetidan ajratiladigan boshlang‘ich badal subsidiyasining kat'iy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha subsidiya ajratilishi ko‘rsatilishi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qat'iy belgilab qo‘yildi.