Ayni vaqtda Samarqand viloyat hokimining birinchi o`rinbosari- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig`i J.Urakov Bozorlardagi narx navolarning asossiz oshirilishiga yo'l qo'ymaslik va bozorlardagi mavjud holatni o'rganish maqsadida Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozoriga tashrif buyurib, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo`lib turgan un va non narxlari bilan qiziqib, sotuvchi va xaridorlar bilan muloqat qilmoqda. Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari rastalarida mahsulotlar uzluksiz yetkazib berilishi bo'yicha olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirmoqda.