Vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʼnalishlari hisoblanadi:
hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, hududning mineral-xom ashyo, mehnat va ishlab chiqarish zahiralari va salohiyatini ishlab chiqarishga jalb qilinmaganlik bilan bogʼliq mavjud nomutanosibliklarni aniqlash;
mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishi istiqbolli ustivor strategik yoʼnalishlari, uzok, oʼrta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlaitirish, tuzilmaviy oʼzgartirishlar iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va import oʼrnini bosuvchi ishlab chiqarishi jadal rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
muhandislik, yoʼl-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, transport xizmati koʼrsatish tizimini yaxshilash,
uy-joy kommunal xizmatlari koʼrsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya tizimlari bilan taʼminlash, shuningdek, hududiy boshkaruvniing zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʼyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
qishlok xoʼjaligini rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, agrar sektorda tuzilmaviy oʼzgartirishlar, qishloq xoʼjalik xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʼzgartirish, qishloq xoʼjaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlashni atroflicha tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
hududlar aholisining demografik jarayonlari va jins yosh tarkibi, ularni bandlik darajasi va tuzilmasi tahlili, shu asosda ishsiz aholini ayniqsa yoshlarni ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish oʼrinlari yaratish hisobiga ish bilan taʼminlash, aholini turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, meditsina, taʼlim va ijtimoiy-madaniyat xizmatlari koʼrsatish boʼyicha takliflar tayyorlash:
hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda bosh boshqarma va barcha hududiy boʼlinmalari, xoʼjalik boshqaruv organlarining kelishilgan hamkorliklar faoliyatini koordinatsiya qilish;
kichik sanoat zonalarini oʼz hududlarida investitsiya loyihalari joylashtirish boʼyicha koordinatsiya qilish.
Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) makroiqtisodiy kursatkichlarini tizimli tahlil qilish va rejalashtirish sohasida:
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish;
mavjud boʼlgan nomutanosibliklar, zahiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral-xom ashyo resurslar, mehnat va ishlab chiqarish saloxiyatini aniqlash, ishlar olib borish;
mamlakatni rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yoʼnalishlaridan kelib chiqib, hududlar iqtisodiyotini va sanoatini isloh, barqaror va muvozanatli rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
hududni kompleks rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotini tarkibiy oʼzgartirish, diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish boʼyicha qisqa, oʼrta va uzok muddatli dasturlarni ishlab chiqish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, hududlarni kompleks rivojlanish boʼyicha tasdiqlangan dasturlarni prognoz koʼrsatkichlarini bajarilishi boʼyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
b) sanoat va import oʼrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:
raqobatbardosh sanoat mahsulotlari turlarini ishlab chikarishni shu jumladan, mahalliylashtirilishini taʼminlaydigan industrial siyosatning asosiy yoʼnalishlarini va usullarini kompleks tizimli tahlil qilish;
hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xom ashyo resurslarini yanada qayta ishlash, yuqori texnologik ishlab chiqarishni yaratish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
yuqori qoʼshilgan qiymatga ega boʼlgan raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan, jumladan mahalliylashtiriladigan maxsulotlarning xajmini koʼpaytirish va assortimentini kengaytirish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
hududiy rivojlanish dasturlarini sanoat salohiyati qismini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoring tizimini amalga oshirish;
mahalliylashtirilgan va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni investitsiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, jumladan ularni ilgʼor resurs tejash va energiya samaradorlik texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik texnologik qayta jihozlash boʼyicha takliflar tayerlash;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish boʼyicha investitsiya loyihalari, Oʼzbekiston Rsspublikasi Prezidenti va Xukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlarini bajarilishini doimiy tahlil qilish va monitoringini amalga oshirish;
sanoatda foydalanishga qayga tiklanadigan shu jumladan, muqobil va past sifatli yokilgʼilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
hudud sanoatining rivojlanish holati, jumladan mahalliylashtirish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʼyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
v) ishlab chiqarish, muhandislik, yoʼl-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda zamonaviy АKT joriy qilish sohasida:
qurilish kompleksi, ishlab chikarish, muhandislik-kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni kompleks va tizimli tahlil qiladi;
hududlarni qurilish, yoʼl-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni tizimli va kompleks tahlil kilish;
hududlarda yoʼl-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshirish;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmasini jumladan, kommunal sohasida (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish;
qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha dasturlarni amalga oshirish natijalari haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʼrish va uni amalga oshirish;
g) qishloq xoʼjaligi sohasida:
qishlok xoʼjaligini rivojlantirish, qishloq xoʼjalik ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishda qoʼshimcha zahiralarni aniqlash boʼyicha takliflar tayyorlash;
hududlarni agrar sektorida tuzilmaviy oʼzgartirishlar boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʼjaligini rivojlantirish yoʼnalishlari va koʼrsatkichlarini, shuningdek qishloq xoʼjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʼyicha takliflar ishlab chiqish:
d) ijtimoiy rivojlantirish, demografiya, aholi bandligi va xizmat koʼrsatish yoʼnalishida:
hududlar demografik jarayonlari, aholini bandlik darajasi va tuzilmasi, aholi turmush darajasi, xizmat koʼrsatish, turizm, taʼlim, sogʼliqni saqlash sohasi, madaniyat va sportni rivojlanishini tizimli tahlil qilish;
aholini turmush darajasi va sifatini oshirish, ularni daromadlarini oʼsishini va xarid qobiliyatini oshirishni taʼminlash boʼyicha takliflar ishlab chikish;
aholiga sogʼlikni-saqlash, taʼlim va ijtimoiy madaniy xizmatlar koʼrsatish, aholini alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qoʼllab quvvatlash tizimini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini taʼminlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholini ish bilan band qilishning kasbiy shakllarini joriy kilish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
xizmat koʼrsatish, turizm sohasini rivojlantirish, koʼrsatiladigan xizmatlar hajmi va sifatini oshirish boʼyicha takliflar ishlab chikish;
ijtimoiy soha tarmoqlarni rivojlantirish, aholining bandligini oshirishni taʼminlash, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari boʼyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.
e) vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʼlinmalari, xoʼjalik boshqaruv organlarinnng faolitini koordinatsiya kilish soxasida;
makroiqtisodiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishni va tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish sohasida vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʼlinmalari, xoʼjalik boshqaruv organlarining faoliyatini koordinatsiya qilish;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish boʼyicha davlat dasturlari. investitsiya dasturlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, investitsiya loyixalari bajarilishini doimiy tahlil qilish va monitoringini amalga oshirish;
vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʼlinmalari, xoʼjalik boshqaruv organlarining davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, sanoatni rivojlantirish dasturlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda oʼzaro samarali faoliyatini tashkil qilish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.
j) kichik sanoat zonalarini koordinatsiya qilish sohasida:
kichik sanoat zonalari hududiga maʼmuriy kengash qarorlariga asosan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy monitoring oʼrnatish;
kichik sanoat zonalari hududida loyihalarni oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring oʼrnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish:
kichik sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʼyicha takliflar kiritish.