Amalga oshirilayotgan ishlar
Samarqand viloyatida mahallabay ishlash tizimi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar (pdf)
Viloyatda ekspriment tariqasida shahar va tumanlarida “Mahallabay ishlash markazlari” tashkil etildi.
“Mahallabay ishlash markazlari”da 516 nafar, shundan har 3 ta mahallalarga 1 nafardan jami 372 nafar inspektorlar faoliyat koʼrsatmoqda.
“Mahallabay ishlash markazlari” tomonidan 1100 ta mahallalar diagnostika qilinib, uyma-uy yurish orqali 720 mingta xonadon va 956 mingta oilalarning ahvoli oʼrganib chiqildi, 64 572 ta doimiy daromad manbaiga ega boʼlmagan oilalar va 133 mingta mehnatga layoqatli ishsizlar borligi aniqlandi, kommunal xizmatlar sohasida 23 620 ta, ijtimoiy infrastrukturalarda 1 057 ta muammolar borligi aniqlandi, 1 100 ta mahallalarning 1767 ta “oʼsish nuqtalari” belgilab olindi.
Mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bilan oʼtkazilgan individual suhbatlar natijasida 42 731 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlash, 36 383 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqish, 16 729 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish, 5 172 nafari doimiy ishga joylashtirish istagi borligi aniqlandi.
Viloyat hududlarida “Mahallabay” ishlashda “Mahallabay ishlash markazlari”ning faoliyati oʼz samarasini bermoqda.
Xususan, mahalla va aholi xonadonlarini diagnostika qilish, aholining muammolari va doimiy daromadga ega boʼlmagan oilalarni aniqlash, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bilan individual ishlash orqali ularning xohish-istaklarini aniqlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga aholining daromad manbaini koʼpaytirish va monitoring qilish imkoniyatlari yaratildi.
“Mahallabay” ishlash orqali tadbirkorlikni rivojoantirish boʼyicha joriy yilning yanvar-avgust oylarida 64,6 ming nafar fuqarolarni oʼz-oʼzini band qilishga erishildi (oʼtgan yilga nisbatan 3,2 martaga koʼp), 43 762 ta norasmiy faoliyat legallashtirildi (oʼtgan yilga nisbatan 150 %), 7227 ta kichik biznes ((oʼtgan yilga nisbatan 128,5 %) va 14 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari ((oʼtgan yilga nisbatan 115,7%) tashkil etildi.
Jami 18 908 ta subʼektlarga 487,2 mlrd.soʼm, shundan 17 654 ta jismoniy shaxslarga 359,3 mlrd.soʼm, 1 254 nafar yuridik shaxslarga 128,0 mlrd.soʼm imtiyozli kredit mablagʼlari ajratib berildi. Jami 6663 nafar (oʼtgan yilga nisbatan 4 martaga koʼp) ishsiz fuqarolar kasb-hunarga oʼqitildi.
Аholi bandligini taʼminlash boʼyicha 7 830 nafar ishsiz fuqarolar kvota ish oʼrinlariga, 23661 nafar boʼsh ish oʼrinlariga, 9610 nafar jahaq toʼlanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi, 6991 nafar ishsiz fuqarolarga tomorqasidan samarali foydanish uchun 4,5 mlrd.soʼmlik subsidiyalar ajratib berildi.
Shuningdek, “Mahallabay” ishlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolgan, ishsizlik darajasi yuqori boʼlgan 52 ta mahallalarda “Аndijon tajribasi”ni joriy etish tezlashdi. Tanlab olingan 52 ta “ogʼir” mahallalarda 7026 ta doimiy daromadga ega boʼlgan oilalar va 9506 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar borligi aniqlandi.
Ishsiz fuqarolarning 1413 nafari mavsumiy yoki norasmiy ravishda ishlayotganligi, 977 nafarining alohida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 931 nafari doimiy ishga joylashish va 4640 nafarining “Etakchi” tadbirkorlar bilan ishlash istagi borligi aniqlandi.
Joriy yilning avgust oyi va 15 sentyabriga qadar ushbu 52 ta mahallalarda 826 nafar fuqarolar oʼz-oʼzini band qilindi, 384 nafari doimiy ish oʼrinlariga joylashtirildi, 412 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshladi, 261 nafari kasb-hunarga oʼqitildi.
Shuningdek, mahallalarning 57 ta “oʼsish nuqtalari” asosida tadbirkorlik subʼektlari bilan aholi oʼrtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali doimiy daromadga ega boʼlmagan 4128 ta xonadon 60 ta “Etakchi” tadbirkorlarga biriktirib berildi.
Masalan:
- Oqdaryo tumani “Oqdaryo” mahallasida doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar soni 225 ta va mehnatga layoqatli ishsizlar soni 226 nafarni tashkil etib, ularning 179 nafari “Etakchi” tadbirkorlar bilan ishlash istagini bildirgan.
Mahallaning “oʼsish nuqtasi” yonqoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan boʼlib, 400 dan ortiq xonadonlar ushbu faoliyat bilan shugʼullanib kelmoqda.
Mahallaga 105 ta doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar “Etakchi” tadbirkor - “PICHOQCHI DRY FRUITS” MChJga biriktirib berildi.
“Etakchi” tadbirkorga 2,0 mlrd.soʼm imtiyozli kredit ajratib berish natijasida 1 ta xonadon 1 oyda 2-2,5 tonna yongʼoqni qayta ishlash (1 kg 2,0 ming soʼm) hisobiga 4-5 mln.soʼm daromad olmoqda. - Urgut tumani “Yangiobod” mahallasida doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar soni 116 ta va mehnatga layoqatli ishsizlar soni 160 nafarni tashkil etib, ularning 70 nafari “Etakchi” tadbirkorlar bilan ishlash istagini bildirgan.
Mahallaning “oʼsish nuqtasi” toʼndoʼzlik yoʼnalishiga ixtisoslashgan boʼlib, 86 ta xonadonlar ushbu faoliyat bilan shugʼullanib kelmoqda.
Mahallaga 36 ta doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar “Etakchi” tadbirkor - "MEXRGUL TEXTILE 777" OKga biriktirib berildi.
“Etakchi” tadbirkorga 700,0 mln.soʼm imtiyozli kredit ajratiladi, Ushbu mablagʼ hisobidan 60 dona tikuv mashinkasi olib, materiallari bilan birgalikda xonadonlarga tarqatib beriladi. Natijada 1 ta xonadon 1 kunda 20 dona, 1 oyda 500 dona toʼn tikish (1 donasini tikish 5-6 ming soʼm) hisobiga 2,5-3 mln.soʼm daromad olmoqda. - Narpay tumani “Guliston” mahallasida doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar soni 305 ta va mehnatga layoqatli ishsizlar soni 311 nafarni tashkil etib, ularning 145 nafari “Etakchi” tadbirkorlar bilan ishlash istagini bildirgan.
Mahalladagi 145 ta doimiy daromadga ega boʼlmagan xonadonlar “Etakchi” tadbirkor - "Narpay Maʼruf qoplari” MChJga biriktirib berildi.
“Etakchi” tadbirkorga 2,0 mln.soʼm imtiyozli kredit ajratib beriladi. Ushbu mablagʼ hisobdan tikuv uskunasi va materiallar olinib, xonadonlarga qop tikish uchun tarqatib beriladi. Natijada 1 ta xonadon 1 kunda 1000 dona, 1 oyda 30 000 dona toʼqop tikish (1 donasini tikish 100 soʼm) hisobiga 3,0-3,5 mln.soʼm daromad olmoqda.
Bundan tashqari, viloyatning 21 ta boshqa mahallalaridagi 566 ta xonadon 21 ta lider tadbirkorlarga biriktirib berildi, natijada 747 ta ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Viloyatda “Mahallabay” ishlash tizimi yanada takomillashtirilib, 2026 yilga qadar doimiy daromadga ega boʼlmagan 64 572 ta oilalarning doimiy daromad manbai yaratiladi. Mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hisobiga ishsizlik darajasi
11,0 foizdan 5,2 foizga qisqartirishga erishiladi.